Hammasi twitter’da boshlandi. “Temir xotin”dagi Qo’chqor
akaga o’xshab o’zbekning gapini yo hech kim eshitmaydi, yoki eshitadigani 1ta
temir topiladi, deb ichimdagini dasturxon qilib o’tirgandim. Bu kimningdir
(balki kimlarningdir) asabiga tegdi. Blok yozishni taklif qilishdi.
Yaxshi taklif! Blogimdagi narsa kimgadir yoqishi kerak emas-ku, to’g’rimi?
M&TVA-2012 tashkil etilganiga bugun 7 yil bo’libdi.
Bevosita uning tepasida turgan shaxs o’z twitterida shunday yozdi. Mana 7
yildirki u “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg’armasi”, Mualliflar
va ijrochilar gildiyasi va TVM telekanali tomonidan tashkil etib kelinadi. Men
maktabda o’qib yurgan vaqtimda esa “Tarona konsert” va “Tarona Records”
“Tarona” nomli taqdimot dasturi o’tkazardi. Keyin esa uning o’rnini M&TVA
egalladi.
Aslida esa o’sha “Tarona”ning ham ayrim qarorlari va
harakati hozirgi M&TVA’dan qolishmasdi nazarimda. Farqi oldin “Tarona”da g’olib
chiqish uchun uning studiyasida qo’shiq yozish zamon talabi bo’lsa, bugun
M&TVA’da g’olib chiqish uchun uning yozilmagan qoidalaridan chetga chiqmaslik
muhim faktor sanaladi. Hich bo’lmasa yuqorida sanab o’tilgan jamg’arma, gildiya
va TVM bilan hamkorlikda faoliyat olib borish zarar qilmasa kerak.
Buning aslida yomon tarafi yo’q. Taqdimot dasturi o’sha 3ta
tashkilotning versiyasi. Biroq M&TVA g’olib deb
topgan kishilar chindan ham bunga munosibmi degan savol tug’iladi. Bu mavzuda
tortishib bo’lmaydi albatta. Hammamiz turli fikrdamiz. Boz ustiga M&TVA
xalq artisti yoki xalqning nomidan yana qandaydir unvon berayotgani yo’q. U
shunchaki o’z versiyasida g’olibni aniqlayapti, xolos. Boz ustiga M&TVA’ga
raqobatchi bo’ladigan taqdimotning o’zi yo’q. Raqobat bo’lmaganidan keyin esa tabiiyki
monopoliya vujudga kelib qoladi.
Men M&TVA bilan raqobat qila oladigan va birgina
insonning fikriga tayanib qolmaydigan yana boshqa taqdimot dasturi bo’lishini
juda-juda xohlayman. U har qanday manfaat, siyosat va yana boshqa unsurlardan
chetda bo’lmog’i lozim deb bilaman. Chunki haqiqiy san’atni o’ldirib bo’lmaydi,
bo’g’ib qo’yish mumkin. Tarixni o’chirishga urinishni esa har holda oqlash noo'rin.
Ayni damda M&TVA’ning qaysidir nominatsiyasini tanqid
qilishdan ma’ni yo’q. Chunki bu borada har kim turlicha fikrlaydi. Menga
Shoxruxxon yoqsa, yana kimdir Rahimxonni qadrlaydi. Men Jahongir Poziljonovni
yaxshi qo’shiqchi sifatida tan olsam, yana kimdir uning aktyorlik va
rejissorlik mahoratini ham yuqori baholaydi. Ammo yil kishisini aniqlash
tamoyili fanatizm yoki kimningdir qarashlari bilan o’lchanishini qanchalik
to’g’ri deb bilasiz? San’atkor yoki ijodkor auditoriyaga nima taqdim etayatgani
borasida biz turli xil fikrda bo’lishimiz mumkin. Biroq hakamlar hay’ati-chi?
Deylik, men klassik musiqa shaydosini qadrlayman. Ammo u rep
yoki hip-hop sha’niga bo’lmag’ur fikr bildirsa uni tushunmayman. Yoki aksincha.
Hammamizda did turlicha. San’at esa serqirra tushuncha. Qaysi janrda ijod
qilinishidan qat’iy nazar muhimi u kimningdir qalbiga yetib borishi, uni
o’ylantirishi, to’lqinlantirishi, kuch bag’ishlashi, xotirjam qilishi,
fikrlashga undashi va yana boshqa bir qancha narsalar muhimligini saqlab
qoladi. Shoxruxxon, Shahzod (Radius-21), Davron G’oyipov, Ruslan Sharipov,
Yulduz Usmonova yoki Shahnozning kuchli tomonini hammamiz yaxshi bilamiz.
Shunday qo’shiqchilar borki, ular o’zlari qo’shiq yozmasalar ham uni qoyilmaqom
qilib ijro etishadi, huddi jurnalist va diktor o’rtasidagi farq kabi. Munisa,
Jasur Umirov, Jahongir Poziljonov kabilar o’ziga xos uslub bilan ko’rina
olishdi. Ularning faoliyati kimgadir yoqishi yoki yoqmasligi ikkinchi masala.
Muhimi, ularda yengilik, izlanish bor. Shu o’rinda kimningdir tayyor
qo’shig’ini o’zlashtiradigan qo’shiqchilarni ham unutib bo’lmaydi. Endi esa
savol tug’iladi: hakamlar hay’ati bu borada nimani muhim planga olib chiqadi?
TVM’da ko’proq qo’shiq aylantirgannimi? Yoki “Kelajak ovozi”dagi ishtiroknimi? Ketm-ket chiqarilgan 3ta hitining uchalasi
ham o’g’irlangan bo'lishi mumkin-ku? Balki TV va radioda chiqish qila olmasada,
ijoddan to’xtamagan kishilar bordir... 1 yilda 4ta oddiy emas, 1ta yaxshi film
suratga olganlar bordir. Aktyorlikni sotib oladiganlar emas, uni saxnadan
boshlaganlar bordir.
“Oltin gepard”, “Asrlar sadosi”, “style.uz” kabi festival va
yana turli xil ko’rgazlamalar borki, nafaqat o’zimizda, balki xalqaro maydonda
ham katta nufuzga ega. Buni tan olmaslikning iloji yo’q. Bu narsalar bunday
olib qaraganda M&TVA saviyasidan ancha-muncha yuqori, shunday emasmi? Oddiy
misol, M&TVA’da yil filmi yoki rejissori nomini qo’lga kiritgan laureat
“Oltin gepard”da shunchaki namoyish uchun ham qo’yilmasligi katta extimol. G’alati
paradoks! Huddi Hojiboyning sumalakni o’ylab topgan kishiga Nobel emas, Nobelni
o’ylab topgan kishiga sumalak berish kerak degan haziliga o’xshaydi.
M&TVA yuqorida sanab o’tilgan “O’zbekiston
madaniyati va san’ati forumi jamg’armasi”, Mualliflar va ijrochilar gildiyasi
va TVM telekanali versiyasigina bo’lib qolmoqda. Maqsad uni birinchi raqamli va
albatta haqqniy taqdimot dasturiga aylantirish bo’lsa, bu yo’lda ancha mehnat
qilishga to’g’ri keladi. U 7 yil davomida o’zi xohlagan maqomga chiqdimi yoki
yo’q, muxlislarning unga bo’lgan qiziqishi, auditoriya M&TVA’ning qaysi
jihatini qadrlaydi-yu, qaysi biri uning asabiga tegadi kabi so’rovnomalarni yil
davomida o’tkazib borish tashkilotchilarga og’irlik qiladi deb o'ylamayman. Yoki
bo’lmasa M&TVA’ga raqobatchilik qiladigan nodavlat va notijorat tashkilot tuzilishi
kerakmikan... Tabiiyki, mazkur tashkilot qarashlari M&TVA’nikidan oz
bo’lsada farq qiladi.
Hozir M&TVA tashkilotchilari, ishtirokchilari va unga hayrixoh bo’lgan kishilar twitter’da faqatgina ijobiy fikrlarni retweet qilishmoqda. Sir emaski, M&TVA’ga bo’lgan salbiy munosabat ham yo’q emas. Axir TVM’da chiqmaydigan yoki O’zbeknavoda litsenziyasi yo’q san’atkorlar shunchaki chetda qolishi muxlislar noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki xalq bergan maqomni ularning hech biri tortib ololmaydi.
Hozir M&TVA tashkilotchilari, ishtirokchilari va unga hayrixoh bo’lgan kishilar twitter’da faqatgina ijobiy fikrlarni retweet qilishmoqda. Sir emaski, M&TVA’ga bo’lgan salbiy munosabat ham yo’q emas. Axir TVM’da chiqmaydigan yoki O’zbeknavoda litsenziyasi yo’q san’atkorlar shunchaki chetda qolishi muxlislar noroziligiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki xalq bergan maqomni ularning hech biri tortib ololmaydi.
“style.uz”, “Oltin gepard”, “Asrlar sadosi”, “Kelajak ovozi”
yoki umuman Fond Forumning o’zi har qanday nomiatsiyasada so’zsiz yetkchilik
qila oladi, bunga ishonchim komil. Madomiki laureatlar faqat ayrim kishilar
tomonidan tanlab olinar ekan, u birlamchi bo’lib qolaveradi. Masalan yil qo’shiqchisi
yil davomida eng kamida 1ta qo’shig’ini xit darajasiga olib chiqishi kerak.
Qo’shiqlarning qay tariqa vujudga kelgani (u o’g’irlangan bo’lishi ham mumkin)
ham e’tibordan chetda qolishi kerak emas. Shahzoda yoki Sevara Nazarxon O’zbekiston bilan cheklanmay
xalqaro maydonga ham chiqa olayaptimi, ularning yil qo’shiqchisi bo’lish
imkoniyati yuqoriroq bo’lishi kerak, yana bilmadim. Googoshaning klipi
faqatgina TVM’da emas, butun jahonda aylanmoqdami, uning g’alabasi haqiqatga
yaqinroq. Yoki bo’lmasa eng
yaxshi kinofilmni aniqlashni ikki xil uslubda yo’lga qo’yish mumkin: yilning eng
kassabop filmi va yilning yaxshi filmi. Chunki “Boyvachcha” kassa borasidagina yetakchi
bo’lishi mumkin. Axir son sifatni belgilamaydi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий