Har seshanba kanalda majlis. Har bir redaksiya alohida-alohida majlis o'tkazadi.
Translatsiya studiyasi qolgan redaksiyalardan ajralib turadi. Efir soatlarining 80-85 foizini qamrab oladigan bu studiya doimo diqqat markazda. Maqtovni ham va ko'pincha so'kishni ham shu studiya eshitadi.
Hozir majlislarning navbatdagisi davom etmoqda. Bugun kun ijrochisi Murod Rizayev. So'nggi bir hafta davomida nimalar bo'lgani, kim sharhida qanday xatoga yo'l qo'ygani eslab o'tilmoqda.
Men esa bu paytda o'zimga tegishli bo'lgan, bosh muharrir ko'zidan pana, telefonimni zaryad bilan to'ldirish imkonini beradigan burchagimda zerikib o'tiribman. Imkoni bo'lganida majlisdan on-line translatsiya qilardim. Juda qiziq gaplar bo'ladi. Lekin siz bilasizki, uyning gapi ko'chaga to'g'ri kelmaydi. Ko'chaga chiqishiga mening vijdonim yo'l qo'ymaydi va ko'chaga chiqsa meni kechirishmaydi, ishonmay qo'yishadi.
O'tgan hafta kun ijrochisi bo'lganimda asosan tashkiliy masalalar, muammolar, ularning yechimi va jamoatchilikning biz haqimizdagi fikriga to'xtalib o'tdim. Yakunda esa umumiy gaplar bilan cheklanganimni tekkazishdi. Uning o'rniga sharhlovchilarning sharh paytida yo'l qo'yayotgan xatolarini sanashim kerakligi ta'kidlandi.
Bu albatta yaxshi. Sharhlovchidan xushyorlikni talab qiladi va albatta har bir sharhlovchining bitta sharh davomidagi o'nlab xatolarini topish mumkin. Ammo mening qarashim biroz boshqacharoq. Sharh jonli chiqishi uchun sharhlovchi ruhiy tomondan erkin bo'lishi kerak.
Men sharhlovchilarning juziy kamchiliklariga ko'z yumib ketishni lozim ko'raman. Berilayotgan axborot xato bo'lsa, sharhlovchi yangiliklar oqimidan qolib ketayotgan bo'lsa, vaziyatga baho berishni bilmasa, umuman saviya bobida tanqidiy fikrga loyiq bo'lsa, bu haqda albatta fikr bildirish kerak. Bu har bir sharhlovchining vijdoniga havola. Ammo uning har bir gapini tahlil qilib chiqishlarini tushunmayman. Jonli efirda, asablar tarang paytda, sharoit bir alfozda bo'lganida, emotsiyalar cho'qqiga chiqqanida, sharhlovchi o'yin ichiga kirib ketganida u gap tuzish yoki so'z qo'llashda xatoga yo'l qo'yishi juda ham mumkin. Rus sharhlovchisi ham, inglizi ham, og'zi tinmay sharhlaydigan arab sharhlovchisi ham, ustoz sharhlovchilar ham xato qilishadi. Shunchaki maydalashmaslik yaxshi. Matn yozishda, jonli bo'lmagan efirda qilinayotgan xatolar uchun albatta sharhlovchi javobgar. Shu vajdan olib qaraganda burchak to'pi yoki burchak zarbasi, out yoki yon chiziq, balki korner kabi so'zlarni tahlil qilishni yoqtirmayman. Va albatta o'z ustida ishlamaydigan, ijodi qotib qolgan sharhlovchining sharhdagi xatosi aytilganda, u ijodini keskin o'zgartirishiga ishonmayman. Raqobat kerak hammasiga. Sharhlovchiga ham, kanalga ham, boshqasiga ham. O'sish uchun eng yaxshi mezon shu.
...majlis tugay deb qoldi. Telefonim energiyasi 100 foiz. Bugungi mavzuda hali ko'p fikr almashamiz. Kuningiz xayrli o'tsin!

Комментариев нет:
Отправить комментарий