Yo‘lning
o‘zgalardan holi ekani naqadar yoqimli. Huddi hamma sendan yuz o‘girib,
shaharni bir o‘zingga qoldirib ketgandek. Quyoshning so‘ngganiga ancha
bo‘lganida ham ma’no bordek. Go‘yoki tabiat ichingdagilarni bilib turgandek.
Uyim tomon
eltadigan so‘l yo‘ldan ogohlantirib chiroq yoqdim. Qo‘llarim esa shturvalni
beixtiyor o‘ngga burishdi. Aqlim meni boshqara olmagach, yurak tanimni o‘z
izmiga to‘la olgandi.
Mana o‘sha
ko‘prik. Yana o‘ngga. Keyin yana o‘ngga.
Allaqachon kesib tashlangan daraxt o‘rni menga yod bo‘lib ketgan. Chiroq nurida
borliqni ko‘rishga qiynalib, o‘zimni zulmatda qoldirdim. Bunda esa hammasi
tiniq ko‘rinib turgandi. Allalayotgan musiqa tovushi tobora pasayib borayotgani
cho‘chitib yubordi. Uni orqaga qaytardim, qayta-qayta allalashini so‘rab,
kerakli tugmani bosib qo‘ydim.
Shamollarda
sinmading lolam
Bo‘ronlarga
dosh bera olding.
Qor tagida
qolganda olam
Ko‘zlarimda
yosh bo‘lib qolding..
Qo‘shiq
so‘zlarini yoddan bilmay turib hirgoyi qilish har doim ham kuzatilmaydi. Pley
listda shu qo‘shiq o‘rniga boshqasi bo‘lganida balki Ko‘kchaga yetib olardim.
Lekin kun sovug‘ida uning doimiyga aylangan uyi yonidan o‘tish oson emas.
Muzlagan yerda o‘zini zaxga berib yotibdi. Men esa ustiga iliqlik to‘shay
olmayman. Onda-sonda o‘qib o‘tadiganimni ozgina iliqlik deb bilish bilan
cheklanaman.
Shamol
turdi. Ovozini ham eshittirib o‘tdi. Oynaklar ustiga mayday tomchilar kelib
urilayotganini ko‘rayotgan ko‘zlarim ko‘proq ichimga nazar solib turibdi.
Titrayverdim
sovuqdan yupun
Izg‘irinda
tentirab yurdim.
Seni qamrab
oldi qor, quyun
Yonginangda
tikilib turdim.
**
Hammasi
qalban o‘lib bo‘ldi. Hammasiga guvoh daraxtni kesib yuborishgan. Ortga
qaytarish imkonsiz. Menga tikilgan ko‘zlar, barmoqlarimni qattiq siqqan uning
qo‘llari, oynakka tinimsiz urilgan yomg‘ir tomchilari, dimoqni yomg‘ir isi
aralash qitiqlagan uning yoqimli iffori. Xatlarini saqlab qo‘yganman. Sog‘inib
o‘qiganimda o‘qib bo‘lishimni kutib menga qarab turgandek bo‘ladi. Chunki uning
shu nigohlarini eslab qolganman. Unutishimga katta shubham bor.,
Lolajon,
mening lolam
Seni
sig‘dirolmadi nahotki yorug‘ olam?
Lolajon,
meni lolam
Bizga
torlik qildi hammaga keng bu olam.
Shu onda
vaqtni to‘xtatish mumkin emasligi alam qiladi. Ortga qaytishni so‘ramayabman-ku.
Soat millari o‘ngga qarab intilgani sari shirin xotiralar uzoqlashib
boraveradi. Uni ko‘rgani borishimni kutarmikan? 1-qavatdagi derazasidan qarab
ketishimni so‘raganida, ich-ichidan yana bir pas qolishimni istarmikan?
Yangi yil
kuni bergan sovg‘asini siypalash odatim. Huddi shunda qo‘llaridan tutgandek
bo‘laman. Menda saqlanib qolgan isi uni qayta ko‘rgunimcha yo‘qolib
qolmasligiga umid qilaman, bunday bo‘lmasligini bilib turib. Umidlar esa
intixoda o‘ladi.
Nechun
mendek bir bag‘ri toshni
Yagonamsan,
mardimsan deding?
Qahratondan
qo‘rqqan bir toshni
Unutilmas
dardimsan deding.
**
Inson
hayotga bir marta keladi. “Lolajon” nechinchi marta aylanayotgani tushunarsiz.
10 tadan keyin sanoqda adashib ketdim. Chunki qo‘lim ham, xayolim ham yozayotganim
bilan band. Tezlik yo‘q. Barmoqlarim boshqa harfga tushib qolayotgani hozir
asabimga tegmayapti, asablarim dam olishmoqda.
Men o‘tmish
bilan qolib ketmadim. Shu bilan birga uni o‘chirishni istamadim. Bugun ham
fikrimni o‘zgartirganim yo‘q. Ichida uzilib bo‘lgan rishtalarini umidlarim
bilan tiklashga urinaman.
Lolam, meni
kechirgin, lolam
Gunohkorman
sening yoningda.
Qor tagida
qolganda olam
Asrolmadim
seni bag‘rimda..
Ularga
kerak bo‘lganim insonlarim ko‘p emas. Muhimi bor ekanliklari. Mayli unga kerak
bo‘lmay qolay. Mayli hammasini unutsin. Meni chiqarib tashlasin. Uning yo‘li
endi boshqa. Men esa chaqirishini, oldiga kelishim istashini kutaman. Voz
kechib yuborishiga ishonishim qiyin.
**
Telefon
yondi: onajonim. Hozir boraman. Oxirgi marta eshitib olay:
Lolajon,
mening lolam
Seni
sig‘dirolmadi nahotki yorug‘ olam?
Lolajon,
meni lolam
Bizga
torlik qildi hammaga keng bu olam.
çok güzel
ОтветитьУдалитьTashakkur
УдалитьZo'r yozibsiz
ОтветитьУдалить