Mani ko’nglim yomg’ir yog’gan toproqqa o’xshaydi. Unda iz
qoldirish uchun ortiqcha harakat shart emas. Mani ko’nglim huddi usha loyga o’xshaydi.
Unda iz qoldirish uchun qadam qo’yilsa bas...
Har voqeaning yakunida man usha ko’nglimni ovuta olmay
qiynalaman. “Xayr maktabim” kolonkadan fonogramma bo’lib chiqayotganda mani ko’nglim
allanechuk bo’ladi. 9 yillik sinfdosh qizlarim ko’zidagi yosh ularning yuziga-yu
mani ko’nglimga oqadi. Qo’limdagi tutqunlikdan ozodlikka otilib uchgan oq
kabutar ham ko’nglimga taskin bo’lib ko’zdan g’oyib bo’lmaydi. Huddi o’sha
tutqunlikka o’rganib qolgandek bir uchishda sinfxonam tokchasiga qo’nadi. Mani
ko’nglim aynan shu xonada qolayotganini bu qushdan qaydan bilsin, xayronman...
Ko’nglimning ko’chalari ensamni toza qotiradi. Univerga
kirganimdan keyin ham mayning yigirma beshinchisi uyim oynasidan ko’rinib
turadigan maktabga, o’sha kabutar qo’nggan xonaga tortaveradi. Chunki uyimdan
maktab ko’ringani bilan mani xonamdagi partalar ko’rinmaydi-da... Mana bu
partada man o’tirardim. Aslida hov anavi stul maniki. Parta qirrasiga ismimni o’yib
yozganim hali ham bor bo’lsa, u so’zimga isbot bo’la oladi. Lekin o’sha parta
man uchun haddan tashqari erkinlik ekanini his qilgan kuniyoq kuratorim tumshug’uning
tagiga chorlab olgandi. Aslida u mani juda yaxshi ko’rardi. Huddi mani sevgim
unikidan kam bo’lmagani kabi. 5-sinfdan 9-sinfgacha hamma sho’xliklarimga chidadi-yu,
bor yo’g’i 1 yildan keyin uni tashlab ketishimni tushungandek yoniga chaqirib
oldi. Hozir qayerda o’tirishning manga farqi yo’q. Afsuski vaqtga ham farqi yo’q.
O’tgan 7 yilda ozgina yiriklashganim o’zimga sezilmagan bo’lsada, negadir shu
tobda parta ko’zimga tordek ko’rindi. Biroq ko’nglim shu torlikni sog’indi.
Juda sog’indi...
Комментариев нет:
Отправить комментарий